Translate

16 Kasım 2014 Pazar

Oʻzbekiston voliyatlari



Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston avtonom respublikasidan tashkil topgan:1. Andijon 2. Namangan 3. Fargʻona 4. Toshkent 5. Sirdaryo 6. Jizzax 7. Samarqand 8. Buxoro 9. Navoiy 10. Qashqadaryo 11. Surxondaryo 12. Xorazim




BoʻlinishiMarkaziMaydoni (kv.km)Aholisi
Andijon viloyatiAndijon shahri4,2001,899,000
Buxoro viloyatiBuxoro shahri39,4001,384,700
Fargʻona viloyatiFargʻona shahri6,8002,597,000
Jizzax viloyatiJizzax shahri20,500910,500
Xorazm viloyatiUrganch shahri6,3001,200,000
Namangan viloyatiNamangan shahri7,9001,862,000
Navoiy viloyatiNavoiy shahri110,800767,500
Qashqadaryo viloyatiQarshi shahri28,4002,029,000
Qoraqalpogʻiston RespublikasiNukus shahri160,0001,200,000
Samarqand viloyatiSamarqand shahri16,4002,322,000
Sirdaryo viloyatiGuliston shahri5,100648,100
Surxondaryo viloyatiTermiz shahri20,8001,676,000
Toshkent viloyatiToshkent shahri15,3004,450,000

Qöshni mamlakatlar. tahrir.

Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afgʻoniston bilan uzunligi - 137 km., Qоzоgʻiston - 2.203 km., Qirgʻiziston - 1.099 km., Tojikiston - 1.161 km. va Turkmaniston bilan - 1.621 km.
                                                   

15 Kasım 2014 Cumartesi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlari

O`zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari
"O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega." (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi)
Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.
Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.
O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Oldi tomoni
Orqa tomoni
Sxematik rasmi
Davlat gerbi
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
Davlat madhiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Madhiya matni
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov she’ri

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi

O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa 1500 km, shimoldan janubga 1000 km-ga cho`zilgan. O`zbekiston Respublikasi Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston bilan chegaradosh. Mamlakatning iqlimi yumshoq, namgarchiligi kam, yozi uzun va issiq, qishi esa uncha sovuq emas. Mamlakat hududida neft, tabiiy gaz, uran, mis, tilla kabi minerallarning o`lkan zahiralari mavjud. O`zbekiston Respublikasida O`rta Osiyoning beshta respublikasi ichida eng ko`p aholi istiqomat qiladi. Aholi soni 2003 yilda 25.5 millionni tashkil qildi. Aholi soni 2009 yilda 27.0 millionni tashkil qildi. Aholininig 77.2% ni o�zbeklar, qolgan qismini esa rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Umumiy aholidan 17.0 millioni qishloqda, 10.0 millioni esa shaharda istiqomat qiladi.
O`zbekistonning geografiyasi iqtisodiyotiga ta`sir qiladi. Mamlakat ikki daryo: Amudaryo va Sirdaryo vodiysida joylashgan. Amudaryo Tojikiston hududidan O`zbekistonga oqib, mamlakatning Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegarasini tashkil qiladi. Sirdaryo Qozog`istondan oqadi. O`zbekiston iqtisodoyotining asosiy negizini qishloq ho`jaligi tashkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng katta pahta ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. O`zbekistonda pahta asosiy eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Qishloq ho`jaligining boshqa muhim mahsulotlariga meva, sabzavot, uzum, qovun va shoyi hom ashyosi kiradi. Bular asosan qo`shni mamlakatlarga eksport qilinadi. Mamlakatning sharqida aholisi zich, unumdor hudud, Farg`ona Vodiysi joylashgan. Mamlakatning asosiy sanoat tarmog`i Farg`ona Vodiysida bo`lib, markazlashgan rejalashtirish va mustaqillik davrida rivojlangan. Farg`ona Vodiysi sug`oriladigan qishloq ho`jaligining uzoq tarihiga ega bo`lganligi uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetishtiradi. Mamlakatning janubiy qismida joylashgan Surhandaryo va Qashqadaryo viloyatlari qishloq ho`jaligi yahshi rivojlangan hududlardir. Qashqadaryo gaz mahsuloti bilan ham tanilmoqda. G`arbda asosan, Samarqand va Buhoro kabi jahonga mashhur turizm markazlarini o`z ichiga olgan, sanoat hududlari joylashgan (tog`ni o`rganish, gaz va neftni qayta ishlash va hokazo). Katta maydonga, ammo kam sonli aholiga ega Shimoli Garbdagi Qoraqolpog`iston kichik sanoat faoliyati bilan mashg`ul. Qoraqolpog`istonning sanoat va qishloq ho`jaligiga Orol Dengizi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Mustaqillikdan beri O`zbekiston Hukumatining iqtisodiy siyosati asosan protektsionist bo`lib, O`zbek so`mining ayirboshlanishi yo`qligi bilan (2003 yil oktyabr oyida konvertatsiya ochilganidan keyin biroz o`zgarish bo`lgan) va pahtani horijiy valyuta keltirishning bosh manbai deb hisoblash bilan ta`riflanadi. O`zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy o`zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu qadam-baqadam usul quyidagilarga erishishga yo`naltirilgan: import o`rnini almashtirish va oziq-ovqat mahsulotlari hamda energiya manbalari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi orqali iqtisodiy mustaqillikka erishish va importni to`sish. iqtisodiyotni hom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish o`rniga raqobatli sanoat tizimini yaratishga yo`naltirish. milliy ayirboshlashning doimiyligini ta`minlash uchun eksport imkoniyatini kengaytirish va tillo hamda qattiq valyuta zahiralarini oshirish. yangi ish joylarini yaratish va yashash tarzini yahshilash. Ayni kunda iqtisodiyotda hukumatning roli pasayyotganiga qaramasdan, hali ham sezilarli. Hususiy tarmoqning Milliy Yalpi Ishlab Chiqarishdagi ulushi 2001 yilda 74.1% ni tashkil qildi. Biroq bu ko`rsatqich har sohada har xil (qishloq ho`jaligida 99%, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlar ulushida 59.4 %). Hukumat hali ham hususiy tarmoq nazoratini o`z qo`lida ushlab kelmoqda. Misol uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismi haligacha bevosita hukumatning pahta va bo`g`doyga belgilagan rejasiga asoslanadi. Iqtisodiy va siyosiy muvozanatni saqlashdagi barcha yutuqlar bilan bir qatorda o`tish davri mobaynida yashash tarzini pasayishi, ishsizlikni o`sishi, aholini boy va kambag`allarga ajralishi kabi bir qator muammolar yuzaga keldi. 2003 yilda o`tkazilgan insonni rivojlanish indeksining 0.694 ko`rsatqichiga ko`ra O`zbekiston 2005 yildagi Inson Rivojlanishi haqidagi Hisobotda 177 mamlakat ichida 111 o`rinni egalladi. Mustaqillik mobaynida mamlakatning IRQ va umumiy ko`rsatqichi yillar davomida o`zgarmadi. Shahar va qishloq hududlari o`rtasidagi farq keskin bo`lib, yashash hududiga ko`ra kambag`allik havfi kuchaymoqda. O`zbekiston aholisining oltmish uch foizi qishloq hududida istiqomat qilib, ulardan o`ttiz besh foizi qashshoq hayot kechiradi. O`tish davrining beshafqat jarayoni o`z ta`sirini aholining yahshi ta`minlanmagan tabaqasi: ya`ni yosh oilalarga, ishsizlarga, ko`p farzandli oilalarga, boquvchisidan ayrilgan oilalarga, nafaqaho`r, nogiron va yoshlarga ko`rsatdi. Bu esa iste`mol savatining kamayishiga, tibbiy xizmatdan foydalanishni, maktab va maktabdan keyingi ta`lim olish imkoniyatini cheklanishiga, energetika (gaz, ko`mir), infrastruktura va transport manbalaridan foydalanishni cheklanishiga olib keldi. O`tish davri tufayli paydo bo`lgan salbiy ta`sirni hatto hukumatning nisbatan hayrihoh ijtimoiy himoya tizimi ham jilovlay olmadi. O`tish jarayoni O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining asosiy hususiyati bo`lib qolmoqda. Ammo makroekonomik muvozanat sharoitida harakatni aholining yashash tarzini yahshilashga qaratish zarur.